KIROVOGRAD
KIROVOGRAD (1924 yilgacha elizavetgrad, 1934 yilgacha Zinovevsk, 1939 yilgacha Kirovo) — Ukrainadagi shahar, Kirovograd viloyati markazi, Ingul daryosi sohilida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 273 ming kishi (1997). Mashinasozlik (seyalka ishlab chikaradigan ishlab chiqarish birlashmasi, gidravlika kuchlanish mashinalari, teplovoz dizellari, radio buyumlari zavodlari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, 3 oliy o’quv yurti, 2 teatr, o’lkashunoslik va badiiy muzeylar bor. Kirovogradga 1754 yil Yelizaveta qal’asi sifatida asos solingan.