KISAKO’RAK, Najip Fozil

KISAKO’RAK, Najip Fozil (1905 -1983.25.5, Istanbul) — turk shoiri, yozuvchi, dramaturg. Ilk she’riy Kito- bi — «o’rgimchak to’ri» (1925). «Men va u» (1932) asari mashhur. «Ko’priklar» (1928), «so’ngsizlik karvoni» (1955), «She’rlarim» (1969) va b. she’riy to’plamlarida insonning hayotdagi o’rni, jism va ruh mutanosibligi, sirli bo- tiniy tuyg’ular jozibasi aks ettiril- gan. K. 1934 y. naqshbandiylik tariqati shayxlaridan Abdulhakim Orvasiy b-n tanishgan. Shu bois uning she’ri- yatida mumtoz she’riyat unsurlarini frantsuz modern she’riyati o’lchovlari b-n uyg’unlashtirishga intilish bor. K. «Ruhiyat olami hikoyalari» (1965) to’plami, «oynadagi yolg’on» (1970), «aso- siy hujjat» (1983) romanlari, «tuxum» (1935), «bir odam yaratmoq» (1937), «pul» (1942), «Yunus Emre» (1969) pesalari muallifi. Turkiya adabiyoti vaqfi tomo- nidan K.ga «shoirlar sultoni» unvoni berilgan (1980).