KISLOROD BILAN DAVOLASH

KISLOROD BILAN DAVOLASH, ksigenoterapiya — kisloroddan davo maqsadida foydalanish. Konda va to’qimalarda kislorod etishmasligi (q. Gipoksiya, gipoksemiya) b-n kechadigan nafas va qon aylanish sistemasi kasal- liklari (bronxial astma, zotiljam, yurak porogi, astmasi xuruji va b.)da, kamkrnlik, balandlik kasalligi, turli zaxarlanishlar, shuningdek, xirurgik operasiyalardan keyin K. b. D. tavsiya eti- ladi. Kasalxona sharoitida kisloroddan nafas olish uchun mo’ljallangan kislo- rod ingalyator va palatkalardan foy- dalaniladi. Kislorodni plevra, qorin bo’shlig’i va me’da-ichak yo’liga kiritish usullari ham bor (kislorodli vanna- lar). K. b. D. ko’pincha ingalyasiya yo’li b-n amalga oshiriladi. Turli yo’llar b-n kiritilgan kislorod organizmda kislo- rod tansiqligini to’ldiribgina qolmay, uning barcha xayotiy funktsiyalarini barqarorlashtiradi va qarshilik kuchini oshiradi. Tibbiyot amaliyotida, ayniqsa, gijjani tushirishda giperbarik oksige- nasiya (q. Baroterapiya) juda qo’l keladi. Uy sharoitida K. b. D. da kislorod yostiqdan foydalaniladi.