KISLOVODSK

KISLOVODSK — Rossiya Federatsiyasining stavropol o’lkasidagi shahar (1830 yildan), Kavkaz mineral suvlari guruhidagi balneoiqlim kurorti. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 115,9 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Katta Kavkazning shimoliy etaklarida, 720-1060 metr balandlikda joylashgan. Oziq-ovqat (shu jumladan, «Narzan» mineral suvi qadoqlanadi), yengil, mebel sanoati korxonalari, muzeylar bor. Kislovodskga 1803 yilda ruslar harbiy istehkom va stanisa sifatida asos solgan.