Kistanov Igor Timofeevich

Kistanov Igor Timofeevich (1954.21.8, Toshkent) — balet artisti. O’zbekiston xalq artisti (1998). Tosh- kent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabini tugatgan (1974). 1974 y.dan Navoiy nomidagi opera va balet teatrida ishlaydi. Tsezar («Antoniy va Kleopatra») uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Raqs harakatlarida maz- Mun va badiiy ifodaga alohida e’tibor qilish, qo’l va tana harakatlarini to’g’ri bajarishda raqs tex-nikasini erkin va oson egallash mahorati K. ijodiga xos bo’lib, u spektakllarda, asosan, bosh rollarni ijro etadi. Eng yaxshi rollari: Qorabotir («Tohir va Zuhra»), Bambur («afsonalar vodiysida»), Zigfrid («Oqqush ko’li»), Viktor o’Xara («uzilgan qo’shiq»), kon- rad («Korsar»), Shoh kir («To’maris»), Nurxonning akasi («Tanavor»), chin- gizxon («muhabbat va qilich»), Bazil («Don Kixot»), Mirzo («Sevgi tumo- ri»), Abdurahmon («Raymonda»), Ti- Balt (Romeo va Juletta), xon Girey («Boqchasaroy favvorasi») va b.