KITAKAMI
KITAKAMI — Yaponiyadagi Daryo, Xonsyu orolining shimolda. Uzunligi 243 kilometr. Kitakami tog’laridan boshlanib, shimoldan janubga tomon bo’ylama tektonik vodiydan oqadi. Tinch okeanning Isinomaki qo’ltig’iga quyiladi. Bahor-yoz oylarida to’lib oqadi. Daryoda yog’och oqiziladi, GES qurilgan. Quyi qismida kema qatnaydi. Kitakami vodiysida sholi ekiladi. Daryo bo’yida Morioka, Midzusava, quyilish joyida Isinomaki portlari joylashgan.