Kitob

Kitob — Qashqadaryo viloyati Ki- tob tumanidagi shahar. Tumanning ma’- muriy markazi. Qashqadaryo b-n Okdaryo oralig’idagi Shaqrisabz-kitob botigi- da, o’rtacha 685 m balandlikda joylash- gan. Qarshi — kitob t. y. shoxobchasining oxirgi — kitob st-yasidan 4 km, viloyat markazi — qarshi sh.dan 130 km. Aholisi 34,9 ming kishi (2000). Shahar nomi Arabcha katf — elka, to- jikcha ob — suv so’zlaridan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. K. o’rta asrlarda G’arb b-n Sharq mamlakatlarini bir- biriga bog’lagan yirik kar-von yo’li yoqasida, Samarqand va Shahrisabz (Kesh) ga yaqin joylashganligi uchun yirik shaharga aylangan. Mayd. 40 ga, shaxar arki 1 ga dan ko’proq joyni egallagan. Ark xarobalari hozir Qalandartepa deb yuri- tiladi. Shahar devorining qalinligi 7,5 m. Bu devor taxmi-Nan mil. AV. 3-a.da qurilgan. O’tmishda K.ning Jan.-g’arbiy tomonida kulolchilik mahallalari joy- lashgan. Arxeologik qazishlar natijasi- da ochilgan madaniy qatlamlardan katta marmar plitalar, bino qoldiqlari, tur- li shakldagi rangli sopol idishlar, may- da haykalchalar va b. buyumlar topilgan. Shahar bir qancha vaqt tushkunlikka tu- shib, 6-7-a.larda qayta tiklangan. Ark- dan tashqarida 2,5 ga erga qal’a-qarorgoh qurilib, qalin devor b-n o’rab olingan. 9-17-a.larda shahar avvalgi mavqeini yo’qotgan. 18-a.da K. beklik markaziga ay- langach, birmuncha tiklangan. O’sha davr- da K.da 6 shahar darvozasi, bir necha o’n guzar, 2 karvonsaroy, bozor, hammom, 4 qabriston bo’lgan. I Hoz. K. Qashqadaryo viloyatining Yi- rik madaniy va iqtisodiy markazlari- lan. Paxta tozalash, vino z-dlari va b. korxonalar mavjud. K. kenglik st-yasi jahondagi 5 ta shunday st-yaning biri- dir (q. Kitob balandtog’rasadxonalar majmuasi). K.da tuman hokimiyati bino- si, aloqa bo’limi, mehmonxona, madaniyat uyi, umumiy ta’-lim maktablari, Avto- stantsiya, madaniyat va istirohat bogi, stadion va tennis korti, tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor. K. Katta O’zbekiston trakti orqali Shahrisabz, Samarqand va b. shahar hamda tumanlar b-n bog’langan.