«KITOB DUNYOSI»

«KITOB DUNYOSI» — axborot- ma’lumot gazetasi. Toshkent shahrida oyda 2 marta o’zbek va rus tillarida chiqadi. Muassislari: O’zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. 1-soni 2001 yil 8 dekabrda nashr etilgan. «Kitob dunyosi» o’quvchilarni O’zbekiston kitob bozoridagi yangiliklardan xabardor etadi, mamlakat nashriyotlarida chop etilayotgan muhim kitob va risolalar to’g’risidagi dolzarb ma’lumotlarni mutaxassis va kitobxonlarga tezkorlik bilan yetkazadi, kitoblarning qisqacha mazmuni bilan tanishtirib, tahlil etib boradi, ilg’or noshirlik faoliyatini yoritadi, kitob hamda boshqa noshirlik mahsulotlarini reklama qiladi. Adadi 1500 (2002).