KITOY YALANG QOYALARI

KITOY YALANG QOYALARI – Sharqiy Sayandagi tog’ tizmasi. Kitoy daryosi bilan Urik, Onot va Malaya Belaya (Angara havzasi) daryolari oralig’ida. Uzunligi 180 kilometr. Balandligi 2200-2500 metr, eng baland joyi — Ospin Tole’tsi tog’i (3215 metr). Gneys, kristalli slanes va ohaktosh, granit, ayrim joylar kaynozoy bazaltlaridan tarkib topgan. Alp relef shakllari uchraydi. Yon bag’irlari kedroq qarag’ay va tilog’och o’rmonlari bilan qoplangan. Oltin, asbest konlari bor.