Kiyev g’ori
Kiyev g’ori — Samarqand viloyatining Chaqilkalon tog’laridagi g’or. 1975 yilda kiyevlik g’orshunoslar tomonidan o’rganilgan. G’orning kirish qismi dengiz sathidan 2398 metr balandlikda. Qirqtov yassi balandligining g’arbiy qismida, voronkasimon shakldagi Kattako’l botig’i ostidan boshlanadi va yer qa’riga 940 metrgacha tushgan. G’or ichida pastga tomon bir nechta tik va nishabli yo’lakchalar almashinib boradi. Uning barcha qismidagi devorlaridan suv tomchilari oqib turadi. G’orning eng tubida chuqurligi 10 metr, diametri 1,5 metrli ko’l mavjud. O’lchamlari: tik tushgan joylari uzunligi 3 metrdan 90 metrgacha, nishabli qismlarining uzunligi 30-250 metr, eni 1— 1,5 metr.