Kiyik-Koba
Kiyik-Koba — paleolit dav- ri odamlari yashagan g’or. Simferopol (Qrim)dan 25 km Sharqda, Zuya daryosi- ning o’ng qirg’og’ida joylashgan. 1924— 26 y.larda tekshirilgan. K.-k. — MDH hududida ibtidoiy odam qoldiqlari topilgan dastlabki makonlardan hisoblanadi. K.-k.dan o’choq qoldiklari, kichik chopqilar, cho’qmor, qirg’ichlar va b.damda yovvoyi eshak, kiyik, bahaybat bug’u, buqa, mamont, karkidon, g’or ayig’ining suyaklari topilgan. G’orning to’ridan neandertal odami — erkak ki- shining tovon va boldir suyaklari, bola skeletining bo’laklari topilgan. 1925 y.da prof. N.L.Ernst va E.V.Isirovlar olib borgan qazishlar K.-k. g’orining 6 madaniy qatlamdan iborat ekanligini ko’rsatdi.