Kiyiktog’
Kiyiktog’ — Markaziy Qizilqumdagi qoldiq balandlik. Navo- iy viloyatida. G’arbda Etimtog’va Sharqda Taxtatog’ (Toqtiniqtov) tog’lari orasi- da joylashgan. Bal. 420 m gacha, nisbiy bal. 140-150 m, uzunligi qariyb 10 km, kengligi o’rtacha 2-3 km. Shim.-g’arbdan Jan.-sharqqa yo’nalgan anticlinal struktura. O’rta va yuqori devonning marmarlashgan ohaktosh va dolomitlari, quyi karbonning qumtosh, alevrolit, Di- abazlar jinslaridan tuzilgan. Kam par- chalangan. Tub jinslar to’rtlamchi, bo’r va paleogen yotqiziqlari b-n qoplangan. Faqat uning shim. tik yon bag’rida Pale- ozoy jinslari yuzasi ochilib qolgan. Jan. yon bag’ri zinapoyasimon ko’tarilgan. Prolyuvial va elyuvial jinslar ustida tarkib topgan bo’z-qo’ng’ir tuproqlarda shuvoq, boyalich, keyreuk, ba’zan qumlarda qo’ng’irbosh va Iloq tarqalgan. Yiliga o’rtacha 100 mm yog’in yog’adi. Yaylov sifati- da foydalaniladi.