KLADONIYA

KLADONIYA (Cladonia) — butasimon lishaynik turkumi. Yer sharida 300 turi bor; ular o’rmon, tundra va botqoqliklardagi tuproqda, to’nkalarda, daraxt tanasida, toshlar orasida o’sadi. Bug’u yo’sini kabi turlarini shimol bug’usi yeydi. Ba’zi turlarida usnin kislota bo’lib, tibbiyotda ishlatiladi.