KLAPAN

KLAPAN (nemischa Klappe – to’siq) — mashina va mexanizmlarda havo, suv, bug’, gaz oqimlarini boshqarishga imkon beruvchi detal (qurilma). Vazifasiga ko’ra, Klapan drosselli, reduktsion, rostlash, teskari, saqlagich, avariyaning oldini oluvchi, berkitish va boshqalar; tuzilishi bo’yicha ventilli, zolotnikli, jo’mrakli va boshqalarga bo’linadi. Klapan elektrik, pnevmatik, gidravlik yuritmalar bilan, shuningdek, dastaki usulda harakatga keltiriladi. Truboprovodlarda qo’l bilan ochilib-yopiladigan, nasos va kompressorlarda 2 tomondagi bosimlar farqi hisobiga avtomatik tarzda ochilib-yopiladigan Klapanlar qo’llaniladi. Ichki yonuv dvigatellari va bug’mashinalarisa alohida mexanizm vositasida boshqarib turiladigan; rezervuardagi havo bosimini bir me’yorda to’tib turish va ehtiyot qilish uchun ishlatiladigan Klapanlar bor.