Klarklar

Klarklar – Yer po`stidagi kimyoviy elementlarning o`rtacha miqdorini (foiz hisobida) ko`rsatuvchi raqamlar. klerklar akademik A.Ye.Fersman tavsiyasiga ko`ra akademik olim F.Klark nomi bilan ataladi. Klark landshaftlarni va ayrim komponentlarni geokimyoviy jihatdan o`rganishda muhim ahamiyatga ega. Landshaftlarda ayrim elementlar klarkining oz-ko`pligi katta rol o`ynaydi. Masalan, O`rta Osiyoning ba’zi tog` oldi hududlari suvi tarkibida iod klarkining kichikligi butqoq hosil bo`lishiga olib keladi.