Klauzius (Clausius) Rudolf Yulius Emanuel

Klauzius (Clausius) Rudolf Yulius Emanuel (1822.2.1, Kyoslin, hoz. Koshalin, Polsha — 1888.24.8, Bonn) — nemis fizigi, termodinamika va gazlar kinetik nazariyasi asoschilaridan biri. Berlin un-tini tugatgan (1848). Syurix (1857 y.dan), Vyursburg (1867 y.dan) va Bonn (1869 y.dan) un-tlari prof. Termo- dinamikaning ikkinchi bosh qonunini ta’riflab bergan (1850). Entropiya tushunchasini kiritgan (1865). Modda- ning erish t-rasi o’zgarishini bosim o’zgarishi b-n bog’lovchi tenglamani (q. Klapeyron—Klauzius tenglamasi) asos- lab bergan (1850). Ideal gaz, shuningdek, molekulalarning erkin yugurish uzunli- gi tushunchasini fanga kiritgan va bi- rinchi bo’lib shu uzunlikni hisoblagan (1860). K. elektroliz nazariyasiga muhim hissa qo’shgan. Joul—Lents qonuninp nazariy jihatdan asoslagan, termoe- lektr nazariyasini rivojlantirgan, Die- lektriklarning qutblanish nazariyasini ishlab chiqqan.