Klavesin, chembalo
Klavesin, chembalo [Frans. clavecin, ital. cembalo, lot. Clavicymbalum — klavishli tsimbala (changeimon musiqa cholg’usi) so’zidan]— klavishli tor- li-tirnama musiqa cholg’usi. 16-a.dan ma’lum. Hoz. fortepiano (Royal)ning o’tmishdoshi. Klavishlar bosilishi na- tijasida torlari pat yoki teridan ish- langan mizroblar yordamida tirnaladi, natijada jarangdor, ammo kuchsiz, Di- namikasp deyarli o’zgarmaydigan tovush hosil qilinadi. 17-18-a.lar davomi- da K.ning shakl qiyofasi hamda klavia- turalar soni o’zgargan, pay torlari sim torlar b-n almashtirilgan, diapazoni 5 oktavagacha kengaygan, vyordjinel, SPI- net, klavisiterium kabi turlari Vu- judga kelgan. Bunday K.lar uchun I. S. Bax, U. Byord, G. Gendel, D. Skarlatti, F. Ko’peren, J. Ramo kabi kompo-zitor- lar yuksak badiiy asarlar yaratishgan, Angliya, Frantsiya, Italiya K. maktablari yuzaga kelgan. 18-a. oxiridan K. o’rnini fortepiano egalladi. Lekin 20-a. boshi- dan K. hamda aynan uning uchun muljal- langan musiqaga yana qiziqish tug’ilib, u ba’zi cholg’u ansambl hamda orkestrlar (mas, «Turkiston» kamer orkestri) tar- kibiga kiritildi.