Klavixo, Rui Gonsales de klavixo

Klavixo, Rui Gonsales de klavixo (? — 1412.2.4) — Kastiliya qiroli Genrix III (Enriko Sh)ning Amir Temur huzuriga yuborgan 2-elchiligi (tarkibi- da olim A. Paes va saroy shoiri Gomes de Salasar ham bo’lgan) rahbari. K. qad. va badavlat xonadonda tug’ilgan. Elchi- lar 1403 y. 22 mayda Kadis sh.dan yo’lga chiqib, 15 oydan so’ng Samarqandga etib kelgan. K. tomonidan yozilgan elchilik kundaligi (1403-06) bosib o’tilgan manzillar (Kadis, Balear o.lari, ga- eta, Messina, Rodos, Xios, konstanti- nopol, Trapezunt, Arzirum, Tabriz, Tehron, Nishopur, Mashhad, Balx, Buxo- ro, Samarqand)ning batafsil bayoni va etnografik ma’lumotlardan tashqari, Amir Temur saltanatining mukammal siyosiy-iqtisodiy tafsilotidan ibo- rat. K.ning safar xotiralari 1-marta 1582 i. Argonte de Molina sh.da «Buyuk Temur tarixi» nomi b-n nashr etilgan. Asarda Amir Temurning Samarqanddagi Bog’i Dilkushoda o’tkazgan qabul marosi- mi, ushbu bog’tavsifi, shuningdek, Amir Temurning obodonchilik soxasida olib borgan siyosati batafsil bayon etilgan. U Yaqin Sharq va O’rta Osiyo xalqlari tari- XI bo’yicha qimmatli manba hisoblanadi. As: Klavixo R. G. de, Dnevnik Pute- shestviya v Samarqand ko dvoru Timura (1403-1406), M., 1990.