KLERMON-FERRAN

KLERMON-FERRAN — Frantsiyaning Markaziy qismidagi shahar. Als daryosi vodiysida, Pyui-de-dom departamentining ma’muriy markazi va Overn tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 141 ming, shahar atrofi bilan 204,7 ming kishi (1999). Transport yo’llari tuguni. Mamlakatda rezina buyumlar (avtomobil shinalari, poyabzal, texnik rezina va boshqalar) ishlab chiqarishning yirik markazi. Metallsozlik, mashinasozlik, to’qimachilik, poligrafiya, qog’oz, kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Klermon-Ferran — frantsuz matematigi va fizigi B. Paskalning vatani. Universitet (1810 yildan), arxeologiya muzeyi bor. 11 —13-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Shahar yaqinida Ruayya balneologik kurorti joylashgan.