KLINKER
KLINKER (nemischa Klinker) — 1) aylanma pechlarda metallurgiya ishlab chiqarishda polimetall chiqindilarni qayta ishlash (qizdirib haydash) dan qolgan qiyin eriydigan qizib qovushgan massa; rux ishlab chiqarishdagi oraliq mahsulot. Mis yoki qo’rg’oshin korxonalarida qayta ishlab Klinkerdan mis, qo’rg’oshin va boshqa qimmatli aralashmalar ajratib olinadi; 2) qurilishda maxsus loy (klinker) dan g’isht tarzida tayyorlanadigan material. G’isht tayyorlash texnologiyasiga o’xshab tayyorlanadi. Sovuq va kislotaga chidamli. Yo’llarga, sanoat binolarining pollariga yotqiziladi; 3) tsement ishlab chiqarishda ohak bilan loy (yoki shlak) qovushmasidan iborat yarim mahsulot.