KLINOXLOR
KLINOXLOR (Yunoncha klino — engashtiraman va chloros — yashil) — xloritlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi (Mg,Al)2 {(OH)2[AlSi3Ol0] (Mg3(OH)6}. Monoklin singoniyali. Plastinkasimon yoki tabletkasimon kristallar hosil qiladi. Rangi yashil, sariq, ba’zan pushti-kulrang. Qattiqligi 2-2,5; Zichligi 2,6—2,8 g/sm3. Klinoxlor xloritli slaeslarning asosiy qismini tashkil kiladi. Yer po’stida keng tarqalgan. O’zbekiston g’arbidagi barcha oltin-kumush rudali konlarda uchraydi.