KLIT

KLIT (laqabi qora) (? — miloddan avvalgi 328) — Aleksandr Maqduniyning sarkardasi va do’stlaridan biri. Graniq Jangda (miloddan avvalgi 334 yil) Aleksandrni o’limdan saqlab qolgan. Baqtriya satrapi etib tayinlangan (miloddan avvalgi 329 yil). Aleksandrning mahalliy axrlining yashash tarziga yaqinlashgani va shuning bilan birga sug’dlarni makedoniyaliklarning urf- odatlari bilan tanishtirishga intilishiga qaratilgan siyosatiga ochiq-oydin qarshi chiqqan. Klit tungi ziyofat vaqtida Aleksandr tomonidan o’ldirilgan.