Klivlend

Klivlend — AQShning shim.- Sharqiy qismidagi shahar. Ogayo shtati- da, eri ko’lining Jan. sohilida. Mam- lakatning muhim sanoat, moliya va yirik madaniy markazlaridan biri. Aholisi 478 ming kishi (2000). Shaxar orqali Atlantika okeani soqilini Detroyt va Chikago sh.lari b-n bog’lovchi asosiy t.y. va shosse magistrallari o’tgan. Xalqaro aeroport bor. K. — Buyuk ko’llar siste- masidagi eng katta port. Sanoatining etakchi tarmoqlari: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, umumiy mashina- sozlik, elektrotexnika va radioelektro- Nika. Qurilish materiallari va port uskunalari, stanok va uskunalar, raqsta va samolyot qismlari, sanoat va maishiy elektr jihozlari, yo’l-qurilish mashi- nalari, konchilik, oziq-ovqat, poligra- fiya sanoati uchun jihozlar, dori-dar- mon ishlab chiqariladi. Poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, kemasozlik korxonalari mavjud. Shaharda bir necha oliy o’quv yurti, jum- ladan, un-t (1826), i. t. markazlari, mu- zeylar, teatrlar bor. K.ga 1796 y.da asos solingan.