Kloson Jerard
Kloson Jerard (1891, Malta oro- li — 1971, London) — ingliz turkiy- shunosi. Qutb Xorazmiyning Britaniya muzeyida sakdanayotgan «Muhabbatnoma» asariga tafsir yozgan (1928). Turkiyshu- noslikka oid ellikka yaqin ilmiy ish e’lon qilgan. Lug’atshunoslik uning faoliyatida alohida o’rin tutadi. Navo- iy asarlari uchun tuzilgan «Sangloh» lug’atini (keng izoq, batafsil sharh va ilovalar b-n; 1960), «13-asrgacha bo’lgan turkiy tillarning etimologik lug’ati»ni (1970) nashr qildirgan. K. «Sangloh»ni nashr qildirib, eski o’zbek lug’atchilik maktabini o’rganish ishiga katta hissa qo’shgan. Mazkur lug’at Navo- iy asarlari tili, shuningdek, b. turkey tillarni o’rganishda muhim manba ekan- ligini ta’kidlagan. Oltoyshunoslik ishlari uchun Indiana (AKSH) un-tining (1969), sharqshunoslik faoliyati uchun esa London Osiyo Qirollik jamiyatining (1973) oltin medallari b-n mukofotlan- gan.