Klostridiylar

Klostridiylar (Clostridium) -spora hosil qiluvchi bakteriyalar turku- mi. Tayoqchasimon, 0,6—1,2×3,0-7,0 mkm, harakatchan, grammusbat. Spora hosil qilish davrida hujayrasi o’rtasidan shi- shib, duksimon shaklga kiradi. Anaerob sharoitda uglevodlar, azotli moddalarni bijg’itadi. Mezofil va termofil or- ganizmlar. 50 dan ortiq turi tuprokda, balchiqda va oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi. Bir qancha turlari kasallik tug’diradi. S. botulinum — botulizm, S. perfringens va S. histolyticum — gazli gangrena paydo qiladi. Ayrim K. atmos- fera azotini bog’laydi. Saxarolitik K. (S. acetobotylicum) dan sanoatda atseton va butanol olishda foydalaniladi.