Klub
Klub (ing. club) — bir maqsad yo’lida uyushgan (maslakdosh, hamkasb) kishilar- ning siyosiy, ilmiy, badiiy, sport va b. sohalar bo’yicha shug’ullanishi, ko’ngilli dam olishi uchun xizmat qiladigan ma- Daniy-ma’rifiy muassasa, jamoat tash- kiloti. Dastlab Angliya (16-a.)da Vu- judga kelgan. Frantsiya (18-a.)da burjua inqilobi davrida keng tarqalgan, turli maslakdoshlar (mas, yakobinchilar) uchra- shib turadigan K.larda siyosiy masalalar muhokama qilingan. Rossiyada birinchi K. Peterburg (1770)da «ingliz klubi» nomi b-n tashkil qilingan. Ishchi K.lari dastlab Angliya (1800)da, keyinchalik Rossiya (1905-07)da tashkil topgan. O’zbekistonda birinchi K. rus ba- davlat kishilari, harbiylar, amaldor- lar va b. uchun tashkil etilgan (1869). K. a’zolari va ularning oilalari uchun bal, maskarad va raqslar hamda vokal va adabiy kechalar, dramatik ko’rsatuvlar tashkil qilingan. Ishchi K.lari dastlab Toshkent (1924)da tashkil topgan. 30-y. lardan f-ka va z-dlar qoshida, k-z va s-z markazlarida ishchi-yoshlar K.lari bir xil loyihalar asosida qurila boshladi. Unda tomosha zali (sahnasi b-n), to’garak mashg’ulotlari uchun xonalar, kutubxona va b. bo’lgan. Ya na q. Madaniyat saroylari va uylari.