Kmetlar
Kmetlar (slavyancha)-o’rta asrlarda slavyan xalqlarida keng tarqalgan va turli ma’nolarni anglatgan atama; a) dastlab jamoa, qabilaning erkin a’zolari shunday atalgan; b) qadimgi rus yozma yodgorliklarida (“Igor polki haqida qo’shiq” va boshqalar) Kmetlar-bahodirlar, drujinchilar; v) Bolgariya va Serbiyada qishloq oqsoqollari; g) Bosniya va Chexiyada ba’zan mansabdor shaxslar, ba’zan dehqonlarning alohida toifalari; d) Polshada to’liq chek yerga ega bo’lgan qaram dehqonlar; ye) Xorvatiyada kamdan-kam hollarda vassallar, ko’pincha qaram dehqonlarni anglatish maqsadida qo’llangan.