Koauila
Koauila — Meksikadagi shtat, Meksika tog’ligining shim. qismida, AQSh b-n chegaradosh. Mayd. 151,6 ming km2. Aholisi 2,3 mln. kishi (2000). Ma’- muriy markazi — Saltilo. Yirik shaharlari: Torreon, Monklova, Pe- Dras-Negras. Relefining aksari qismi cho’l landshaftli tog’lik, sharqida — ser- tepa tekislik. Sharqiy Serra-Madre tog’lari K.ni Meksika qo’ltig’idan AJ- ratib turadi. Iqlimi subtropik quruq iqlim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 12-16°, iyulniki 24-29°. Shim.dan sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida ba’zan t-ra -10° gacha pasayadi. Yillik o’rtacha yog’in 200-400 mm. K. — muhim metallurgiya va sug’orma dehqonchilik r-ni. Sabinas daryosi havzasi mamlakatning asosiy toshko’mir olinadigan r-ni. Koks-kimyo, qora va rangli metallurgiya, oziq-ovqat, to’qimachilik, kimyo, tsement, q. x. mashina- sozligi korxonalari bor. Asosiy ekin- lari — paxta, bug’doy. Ekstensiv chorva- chilik rivojlangan. K. orqali Markaziy Shtatlarni AQSh b-n bog’lovchi muhim magistral yo’llar o’tgan.