Kobul

Kobul — Afg’onistonning poytax- ti. Kobul viloyatining ma’muriy marka- zi. Kobul daryosi vodiysida, o’rtacha 1820 m balandlikda, Asmon va Sherdarvoza tog’lari orasidagi vohada joylashgan. Iqlimi subtropik kontinental iqlim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi g, iyulniki 26°, yiliga 317 mm yog’in tushadi. Aholisi 750 ming kishi (2000). Ptolemey asar- larida K. Kobur shaklida uchraydi. Yunon-Baqtriya podsholigi, Kushon pod- sholigi, keyinchalik eftaliylar davlati tarkibida bo’lgan. Eftaliylar davlati tanazzulga uchragach (6-a.), K.ni buddizm dinidagi mahalliy hokimlar (Kobul shoxlari) idora qilgan. 7-a.da arablar, 9-a.da safforiylar bosib olgan. K. So- moniylar, G’aznaviylar, Temuriylar dav- latlari tarki-biga kirgan. Shahar 1221 y.da Chingizxon qo’shinlari tomonidan vayron qilindi. 1504 y. Bobur K.ni o’zi asos solgan davlatning poytaxtiga ay- lan-tirdi. 1738 y. Eron shohi Nodirshoh Afshar egalladi. K. 1747 y. Durroniy- lar davlati tarkibiga qo’shib olindi. Temurshoh Durroniy davrida (1773-93) K. poytaxtga aylantirildi. Durroniy- lar davlati tugatilgach (1818), K. Kobul amirligining markazi bo’lib qoldi. 1825 y.da Amir Do’stmuhammad afg’on erlarini bir butun qilib birlashtirishga xarakat qildi, bu esa keyinchalik Afg’oniston davlatini vujudga kelishida muhim rol o’ynadi. Birinchi (1838-42) va ikkinchi (1878-80) Angliya-Afg’oniston urushlari davrida shaharning ko’p qismi buzildi. Sobiq sho’rolar qo’shinining 1979 y. dek. da Afg’onistonga tajovo’zkorona bosti- rib kirishi va 1992 y.da boshlangan ichki fuqarolar urushi davrida K. jiddiy za- rar ko’rdi. Shaharni 1996-2002 y.larda mutaassib «Tolibon» ichki muxolifat kuchlari egallab turdi. Ulardan ozod qilish uchun olib borilgan aksilterror harbiy harakatlar tufayli K.da yana vay- ronagarchiliklar bo’ldi. K. — mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Avto- mobil yo’llari tuguni. Bagrom harbiy aerodromi, xalqaro aeroport bor. AV- tomobil yo’llari orqali Pokiston, Hindiston, Eron, O’zbekiston va b. dav- latlar b-n bog’langan. Afg’onistonning eksport va import mollarining asosiy qismi K. orqali o’tadi. K. va uning atro- fida to’qimachilik (ip gazlama k-ti, jun va ipak gazlamalar, trikotaj f-kalari), oziq-ovqat, harbiy, yog’ochsozlik, mashi- nalarni ta’mirlash va metall buyumlar tayyorlash korxonalari, gugurt, ko’n poy- Abzal, gilam to’qish f-kalari, lak-bo’yoq, chinni, qurilish materiallari z-dlari, issiqlik elektr st-yasi, shahar yaqinida GES bor. Mayda hunarmandchilik kor- xonasi ko’p. K. — Qorako’l teri b-n savdo qilinadigan markaz. K.da FA, Tarix jamiyati, bir necha oliy o’quv yurti, jumladan, un-t, bosma- xona, teatr, Kobul tarix-etnografiya mu- zeyi, jamoat kutubxonasi ishlab turib- Di. K. ikki qismdan iborat: eski shahar va yangi shahar. Yangi shahar qismida ko’plab zamonaviy binolar qurilgan. Shaharning ko’hna qismi Kobul daryosi- ning Jan. sohilida. Me’moriy yodgorli- klaridan Bolo-Hisor qal’asi, bog’i bo- bur, Temurshoh maqbarasi, Chihil sutun bog’i va saroyi, Muhammad Nodirshoh maqbarasi (20-a.) va b. saqlangan.