Kobul amirligi

Kobul amirligi – Durroniylar davlati parchalangandan keyin vujudga kelgan afg’on amirligi (19-a.). Asoschi- si — Amir Do’stmuhammadxon. 19-a.ning 30-y.larida amirlik hududi shim.dan Jan.ga Parvondan Mukurgacha va g’arbdan sharqqa Bomiyondan Xaybar dovonigacha cho’zilgan. Qulay geografik joylashishi uning yuksalishiga imkon bergan. K.a.ni Amir boshqargan. Yollanma qo’shin yorda- mida Amir bosqinchilik urushlari olib borgan, xalq qo’zg’olonlarini bostirgan. Afg’on Amirliklari orasida K.a. eng kuchlisi hisoblanib, 19-a.da Afg’oniston davlati bir-lashuvi jarayoni markazi bo’lgan.