Ko’chaband

Ko’chaband-dushman hujumi vaqtida uni shaharning boshqa qismlariga o’tkazmaslik uchun qilingan maxsus sun’iy to’siq. Masalan, 1512 yil kuzda Shayboniyxon, Ubaydulloxon, Suyunchxoja, Jonibek Sulton va boshqalar G’ijduvon ko’chalarini shu yo’sinda to’sib, Bobir va qizilboshlarning qo’shma armiyasini tor-mor keltirgan edilar. Samarqand ko’chalarida XIV asrda sarbadorlar ham ko’chabandlar qurib, mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashganlar.