Ko’chiriq

Ko’chiriq — baxshi (parixon) tomonidan kishilarni go’yo turli ka- salliklardan xalos qilish maqsadida o’tkaziladigan g’ayriilmiy amal. Ilga- ri ruhiy yoki asab kasalligi yovuz rux-lar — jin yoki parilarning kishiga etkazgan zarari oqibati deb qaralgan. Ayrim kishilar jin yoki parilarni haydab chiqarish, tanadan ko’chirib tash- lash orqaligiva bemorni davolash mum- kin, deb hisoblaganlar. Ushbu marosim ko’p holdarda kasal kishining xonadoni- da o’tkaziladi. Marosim o’tkaziladigan kuni ziyon etkazgan ruxlarga atab qurbonlik (asosan, qo’y-qo’zi, echki, uloq ba’zida tovuq) so’yilgan; baxshi hayvon qonidan bir piyola olib kasalning pe- shovasiga, chakkasiga, ko’kragiga, qorniga, kaftiga, tovonining yuqori qismiga surtgan. K. va unga ishonish juda qad. bo’lib, «Avesto»da ham tilga olingan va dunyodagi barcha xalqlarda turli shak- llarda uchraydi. Islom dini K.ni qattiq qoralaydi. K. hozir kam uchraydi.