Ko’chkunchixon, ko’chim

Ko’chkunchixon, ko’chim (?-1530) -Shayboniylar sulolasidan bo’lgan xon. Abulxayrxon va Robiya Sulton begim (Ulug’bek Mirzoning qizi)ning farzandi. Shayboniyxon tomonidan Turkiston VI- loyati hokimi etib tayinlangan (1503— 09). Movarounvaxr xoni (1510— 30). Shayboniylarning Movarounnahrni bo- sib olish uchun qilgan yurishlarida faol ishtirok etgan. K. davrida Shayboniy- lar Safaviylar b-n urushib, ikki marta (1513/14; 1529) Hirotni egallaganlar. K. davrida Bobur saltanati poytaxti Agra sh.ga elchilar yuborilgan. Elchilar Bobur tomonidan tuhfalar b-n ko’tib olingan. Uning davrida ko’p asarlarni o’zbek ti- liga tarjima qilish bobida katta ishlar qilingan, bu o’tmish tarixiga qiziqish borligidan dalolat beradi. Fors ti- lidan o’zbek tiliga Rashiduddinning «Jome at-tavorix», Sharafuddin Ali Yazdiynit «Zafarnoma» asarlari tarji- ma qilingan. Kutubxonalar kengaygan, ko’paygan. Buxoroda Abdulazizxon ku- tubxonasi ochilgan. Masjid, Madrasa, xonaqoxlar ta’mirlangan. K. nomi ta- rixda xongina emas, adabiyot, fan va ma- daniyat homiysi sifatida ham qolgan. Ad.: Vosifiy Zayniddin, Badoe’ul- vaqoe’ [Nodir voqealar], T., 1979; isto- riya O’zbekistova [XVI — Pervaya polovi- va XIX veka], t.Z, T., 1993; Shayboniylar qabrtoshlaridagi bitiklar (o’zbek, ne – mis, rus tillarida), Visbaden, 1997. Roziya Mo»minova.