KO’CHMA TELEVIZION STANTSIYA
KO’CHMA TELEVIZION STANTSIYA -agregat va jihozlari maxsus avtomashinaga o’rnatilgan televizion Stantsiya. Bir, ikki, uch, to’rt televizion kamerali bo’ladi. Oq-qora va rangli tasvirda o’zatiladi. Ko’chma televizion stantsiya tarkibiga avtomashinaga o’rnatilgan televizion apparatura (olib chiqiladigan o’zatuvchi television kamerali) eshittirishni tovush bilan birga olib borish uchun olib chiqiladigan mikrofonli jihozlar, telemarkaz bilan aloqa qilish uchun uzatkich va boshqalar kiradi. Ko’chma televizion stantsiyadan telemarkazga television signallar radioreleyli aloqa liniyasi bo’yicha yoki yer ostiga yotqizilgan koaksial kabellar bo’yicha uzatiladi. Ko’chma televizion stantsiya teatr, muzey, kosmodrom, Majlis zallari, zavod, fabrika, stadion va boshqa joylardan televizion ko’rsatuvlar olib borish uchun moslashtirilgan. Reportaj olib borishda televizion kamera va mikrofonlar reportaj olinadigan joyga o’rvatilib, maxsus kabellar orqali avtomashinadagi kuchaytirgich va uzatuvchi jihozlar bilan tutashtiriladi.