Kod
Kod (Frans. code, lot. codex — qonunlar majmui) — 1) turli axbo- rotlarni ifodalovchi shartli belgilar (timsollar) tizimi. K. belgilarining biror ma’noni anglatgan tugal ketma- ketligi so’z deyiladi. K. so’zlarida foy- dalaniladigan turli timsollar soni uning a s o s i deyiladi. K.ni yozma tarz- da ifodalash uchun ko’pgina raqamlar, sonlar (mas, 0; 1; …57; 927 va b.), maxsus belgilar [mas, » — «(tire), » . «(nuqta) va ularning «omixta»lari] ishlatiladi (q. Morze alifbosi, telegraf kodi); 2) raqamli hisoblash mashinalari (RHM) da programmalar (dasturlar) tayyorlash uchun qo’llaniladigan shartli belgilar tizimi. RHM da ko’pincha ikkilik po- zision K. va ularga keltiriladigan K. qo’llaniladi. RHM da arifmetik amallarni bajarishda algoritmlar- ni soddalashtirish uchun to’g’ri, teska- ri, qo’shimcha K.lardan foydalaniladi. To’g’ri K., odatda, sonlarni RHM ning xotira qurilmasida saqlashda, teska-ri va qo’shimcha K.lar esa sonlar ustida arifmetik va b. amallarni bajarishda ishlatiladi; 3) telemexanikad a — ma’- lumotlarni aloqa kanali orqali uzatish uchun mo’ljallangan signallar tizimi; bunda radio xalaqitlarga turg’unlikni ta’minlash uchun korresiyalovchi (tuza- tuvchi) K.lar tuziladi. K.ning ayrim elementlarini ifodalash va uzatish uchun amplitudasi, chastotasi, fazasi va b. alomatlari turlicha bo’lgan signal- lar qo’llaniladi; 4)astronomiyada — ko- metalar, yangi va o’rta yangi yulduzlar kashf qilinganligi, sayyoralarda noyob hodisalar ko’zatilganligi va b. haqida rasadxonalar va astronomik Telegram- malar xalqaro Markaziy byurosi ora- sida o’zaro telegraf axborotlari Alma- shishda qo’llaniladigan so’z va raqamlar tizimi. Shakli xalqaro astronomiya Ittifoqi, KOSPAR (ilmiy uyushmalar xalqaro kengashi) va b. xalqaro ilmiy tashkilotlar tomonidan belgilanadi- gan K. va axborot-bibliografik K.dan foydalaniladi. Sun’iy kosmik ob’- ektlarni kuzatish st-yalarining ishini uyushtirish uchun maxsus K. tuziladi; 5) harbiy K. — harbiy mazmundagi maxfiy ma’lumotlarni yashirin uzatish uchun qo’llaniladigan shartli belgilar tizi- mi. Shartli belgilar shtablar tomoni- dan tuzilishi va raqamli, harfli va b. maxsus belgili bo’lishi mumkin. Umumiy qo’shin K.lari va maxsus (bir qo’shin turi yoki qurolli kuchlar xili, mas, aviasiya, harbiy havo kuchlari, artilleriya va x.k.) Klar bo’ladi. Ma’lum qisqa vaqt uchun yoki jang va operasiya vaqtlari uchun tuzilgan so’zlashuv qamda radiosignal jadvallari eng va sodda harbiy K. xisoblanadi.