Kofarnihon, Kofirnihon

Kofarnihon, Kofirnihon -Еojikistondagi Daryo. Amudaryonit o’ng irmog’i. O’z. 387 km, havzasining mayd. 11600 km2. Hisor tizmasidan boshla- nadi, 90 km li yuqori qismi Obisafed, Kaniz va Sarbo nomlari b-n ataladi. Sardobi miyona irmog’i quyilgandan so’ng K. nomini oladi. Tog’li qismida K. yon bag’irlari tik tor vodiyda, Chinor qishlog’idan boshlab esa keng Hisor vo- diysida oqadi (bu erda suvidan sugo- rishda foydalaniladi). Quyi qismida K. Bobotog’b-n Oqtog’orasidan o’tadi. K. qor va muzlik suvlaridan to’yinadi. Suvi martdan iyungacha ko’payib, yanv.—Fev.da kamayadi. Suvi ancha loyqa, etak qismida 1m3 suvida 1,53 kg loyqa bo’ladi. Yirik irmoklari: Obizarang, Sardobi miyo- na, Kapandor, Obiyos, Varzob, Iloq va Xonaqoh.