KOFEIN

KOFEIN (Coffeinum) — alkaloid; choy bargi, kofe urug’i va kola yong’og’idan, shuningdek, sintetik yo’l bilan olinadi. Markaziy nerv va yurak-tomir sistemalariga qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham shu sistemalar faoliyati susayganda, narkotik va uxlatuvchi moddalardan zaharlanganda, miya qon tomirlari torayganda quvvatni oshiruvchi dori sifatida qo’llanadi.