Koffka (Koffka) Kurt

Koffka (Koffka) Kurt (1886. 18.3, Berlin — 1941.22.11, Nortxempton, AQSh) — nemis-Amerika psixologi, gesh- taltpsixologiya asoschilaridan biri. Gisendagi un-t privat-dosenti (1911 y.dan) va prof. (1918-24); 1927 y.dan Nortxempton (AQSh)dagi Smit kolleji prof. Geshtaltpsixologiyaning xalqaro miqyosda tarqalishiga xizmat qilgan jur. nashr etishda qatnashdi. Bolalar- ning psixik rivojlanishi muammolari- ga bag’ishlangan tadqiqotlar olib bordi. Asosiy asarlari: «psixik rivojlanish- ning asoslari» (1921), «idrok: geshtal- tnazariyaga kirish» (1922), «Geshtal- tpsixologiya printsiplari» (1935).