Kohin

Kohin (Arab.) — g’oyibdan xabar beruvchi, bashoratgo’y. Islomdan avval- gi Arabistonda vasvasa holatida Alloh yoki uning vakili — farishta yoki jin b-n muloqot qilgan odam shunday deb atalgan. Qabila odamlari biron-bir ish qilishdan oldin uning oqibati qanday bo’lishini K.dan so’rashgan. Qabiladoshlari Muhammad (sav)ni ham dastlab K. — folbin deb o’ylashgan. Qur’on oyatlarida (52:29; 69:42) ularning shubhalariga javoban Muhammad (sav) K. — folbin ham, Majnun ham emasligi alohida ta’kidlangan. Umuman, Islom an’anasida K.lar kelajak haqida yolg’on so’zlovchilar sifatida talqin qilinadi.