KO’HIRUD
KO’HIRUD — Erondagi tog’ tizmasi, O’rta Eron tog’lari tarkibida. Shimoli- g’arbdan Janubi-sharqqa tomon 900 kilometrga cho’zilgan, balandligi 2-3 ming metr, eng baland joyi Xazar vulkani — 4420 metr. Asosan, cho’kindi va vulkanogen qatlamlardan tuzilgan. Yiliga tog’ oldilarida 100 millimetrdan, tog’larda 300 millimetrgacha yog’in yog’adi. Tog’ cho’li va chala cho’li, yuqori mintaqalarda tog’ dashti landshafti ustun. Daralarda yong’oqzorlar bor. Yaylov chorvachiligi rivojlangan, vodiylarda uncha katta bo’lmagan vohalar uchraydi.