KO’HISTON

KO’HISTON (forscha — tog’lar o’lkasi) — Afg’onistondagi Panjsher — Kobul daryolari xavzasida joylashgan tarixiy viloyat. Asosan, tojiklar, xazoralar, afg’onlar va boshqalar yashaydi. Qadimda Ko’histondan Hindiston va Xitoyga boruvchi karvon yo’li o’tgan. Ko’histon o’zining kumush konlari bilan mashxur bo’lgan; o’rta asrlarda yarim mustaqil mahalliy xonlar tomonidan boshqarilgan. Ko’histon aholisi istilochilarga (arablar, mo’g’ullar) qarshi faol kurashgan. Ingliz-afg’on urushi (1838— 42) davrida Ko’histonlik qo’zg’olonchilar Parvon (1840) va Chorikor (1841) yonida ingliz qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratishgan.