Ko’k masjid

Ko’k masjid — Toshkentdagi me’- moriy yodgorlik (1830-35). Toshkentlik aka-uka Nodirmat va Hojimatboylar (AV- val ular nomi b-n yuritilgan) mablag’iga qurilgan. Peshtokli darvozaxona, ba- Land minorali keng hovli, bir qanatli madrasa va hovli to’ridagi masjiddan iborat bo’lgan. Hozir ko’rimsiz darvo- Zaxona, keng hovlining yarmisi hamda masjid (xonaqoh va ayvon) saqlangan. Xonaqoh (9,0×9,0 m) murabba tarxli, gum- bazli. Jan. Devori ichiga chuqur ravoqli mehrob va tokchalar ishlangan. Xonaqoh Jan.dagi naqshinkor ayvon (7,26×12,20 m) shiftiga to’sin tashlanib, ustidan toqilar terilgan. Ustunlar ko’pqirrali, poy-ustuni ko’k rangli toshlardan (mas- jid nomi ham shundan) turli shakllarda yo’nib o’rnatilgan (hozir poyustunlar rangi kulrang tusda). K.m. 1995-99 y.larda ta’mirlanib atrofi obodonlashtirildi.