Kokainizm, kokainomaniya

Kokainizm, kokainomaniya — giyohvandlik (narkomaniya, bangilik) ning bir turi; ogriqsizlantiruvchi al – kaloidlar guruhiga mansub kokainga o’rganib qolish, uni iste’mol qilmasdan turolmaslik. Kokainni giyohvandlar teri ostiga, venaga yuborib, ko’p hollarda hidlab kayf (eyforiya) qiladilar. Bi- rinchi marta iste’mol qilgan kishi xushchaqchaq, sergap, serharakat bo’lib qoladi, fikrlashi tiniqlashgandek tu- yuladi va har xil ishlarni bajarishga ishtiyoqi kuchayadi; 2-3 soat o’tgach, bu holat kayfiyatning aynishi, umumiy holsizlanish, ta’sirchanlikning kuchayi- shi va loqaydlik b-n almashinadi. K.da o’tkir va surunkali zaharlanish kuzatiladi. O’tkir zaharlanishda yuz oqaradi, ko’z qorachiqlari kengayadi, yurak urishi tezlashadi. Bosh aylana- Di, holsizlik, nafas markazining FA- lajlanishi ro’y beradi, oqibatda na- fas to’xtab qolishi mumkin. Surunkali zaharlanishda kokainga juda tez o’rganib qolinadi va giyohvandlarning shaxsi tezda tubanlashib (degradasiya) ketadi. K.ga mubtalo bo’lganlar tez orada qo’pol, ezma, xudbin, shubhalanuvchan, ta’sirchan, isqirt, qarimsiq bo’lib qoladi. Mehnat qilmay tekinxo’rlarcha hayot kechiradi va butunlay odamgarchilikdan chiqib ke- tadi. Kokainni surunkali va uzoq vaqt iste’mol qilgan giyohvandlarda koka- in psihozi (illyuziyalar, qo’rqinchli ko’ruv gallyusinasiyalari, taktil gallyusinoz, rashk va b.), vasvasalar ko’zatilishi mumkin. Keyingi yillarda og’riqsizlantiruvchi preparatlarning ko’pgina boshqa turlari paydo bo’lishi tufayli davolash amaliyotida kokainni qo’llash taqiqlangan, shu bois uni iste’- mol qilish kamaydi.