Ko’kaltosh, Ko’kaldosh
Ko’kaltosh, Ko’kaldosh — 1) umu-man olganda, rizo’iy (emishgan) bi-rodarlar, ya’ni biror doya (Evaga)ni uning o’g’li b-n birgalikda emgan begona bola. Shunga ko’ra, podshohning rizo’iy’ birodariga «Ko’kaltoshxon» degan laqab berilgan. K. istilohi, «G’iyos ul-lug’at» («Lug’atlar madadkori»)da aytilishi- cha, turkiy «ko’ka» («evaganing o’g’li») va «tosh» yoki «dosh» («sherik») so’zlaridan iboratdir. Bu ikki so’z orasidagi «l» harfi esa keyinchalik qo’shilib qolgan bo’lib, ilgari bo’lmagan. «Ko’ka»(«aka») so’zi hoz. gacha qozoq tilida qo’llanilib keladi; 2) o’rta asrlarda Turkistonda, xususan, Buxoro xonligida mamlakat ichki xavfsizligini ta’minlash ishlari b-n shug’ullanuvchi amaldor.