Ko’kat o’g’it, siderat
Ko’kat o’g’it, siderat — tuproq unumdorligini oshirish maqsadida ko’kligida tuproqqa qo’shib haydab yubo- riladigan o’simliklar massasi. K.o’. maqsadlarida dukkaqlilardan mosh, ko’k no’xat, lyupin, soya, loviya, vika, shabdor, bersim, karamgullilardan xantal, raps va b.dan foydalaniladi. Bu ekinlar mustaqil (shudgor qilinadigan dalaga) yoki oraliq ekin sifatida (alohida dala- ni band qilmay) ko’zda ekiladi, ko’klamda asosiy ekin ekilishi oldidan (mart-may oylarida) tuproqqa ko’shib haydab yubo- riladi. K.o’. tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, uni organik modda va azotga boyitadi. Almashlab ekishda go’ng va mi- neral o’g’itlar b-n qo’shib qo’llanilganda samaradorligi yanada ortadi.