KO’KCHA

KO’KCHA — o’rtapishar qovun navi. Shakli tuxumsimon, dum va uch tomonlari ingichkaroq, yirik, uzunligi 33-40 santimetr, og’irligi 4-6 kilogramm. Sirti tekis, yoppasiga tur bilan qoplangan, to’rlari mayda, gulsiz. Tusi yashil, to’ri qalin bo’lganidan kulrangga o’xshash. Po’sti qattiq, etining qalinligi 4-4,5 santimetr, oq, po’stiga yaqin joyi yashil. Sershira, shirin, qarsillaydi. Tarkibida 7,5—14,8% qand, shu jumladan, 5-10% saxaroza, 5-15% quruqmodda bor. Urug’xonasi o’rtacha. Urug’dan unib chiqqanidan keyin hosili 88-90 kunda pishadi. 250-320 tsentner/gektar hosil beradi. Farg’ona vodiysida ko’p ekiladi. Andijon, Farg’ona, Toshkent va Buxoro viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.