Ko’kcha dahasi haqida eshitganmisiz?

Ko’kcha dahasi haqida eshitganmisiz? – Toshkent shahridagi sobiq dahalardan biri. Toponimni “daraxtzor, ko’kalamzor, ekinzor ko’p bo’lganligi uchun shunday atalgan” deb izohlaydilar. Bu unchalik ishonchli emas, chunki –cha qo’shimchasi rang bildiruvchi so’zlarga qo’shilmaydi. Shunday ekan, nomning birinchi komponenti ko’k emas, ko’h dir. Ko’hcha yoki ko’kcha hozir ham Eron toponomiyasida juda sermahsul bo’lib, “tepalik, balandlik” degan ma’noni bildiradi. Demak, Ko’kcha “ekinzor, daraxtzor” ma’nosida emas, balki “tepalik, balandlik” ma’noda.

Fikr bildirish