Kokil
Kokil (Frans. coquille — kovak, bo’shliq) — metall quymalar olishda ish- latiladigan metall qolip. Quymaning shakli oddiy yoki murakkabligiga qarab, K. 2 yoki undan ortiq qismdan iborat bo’ladi. K. qismlari kokil mashinasiaa ochilib-yopiladi. Ajraladigan va ajral- maydigan xillari bor. Ajraladigan K. da vertikal, gorizontal va egri chizik- Di ajraladigan sirtlari (pallalari) bo’ladi. Ajralmaydigan K.dan quymalar qolipni silkitib chiqariladi. K.ning chidamliligini oshirish va quymaning sovishini sekinlashtirish uchun ish sir- tiga maxsus bo’yoq surkaladi. K. bir necha yuzdan bir necha mingtagacha quyma olishga chidashi mumkin. Quymalarni seriyalab va ko’plab i. ch.da qo’llaniladi.