Kokkomikoz

Kokkomikoz — danakli meva daraxtlarida Cocomyces hiemalis zamburug’lari qo’zg’atadigan kasallik. Asosan, o’simlik barglari kasallana- Di. May oyining oxiri — iyun oyi boshlarida bargning ustki qismida ko’p miqdorda mayda (0,5—2 mm) to’q qo’ng’ir dog’lar paydo bo’lib, so’ngra dog’lar ken- gayib, bir-biri b-n qo’shilib ketadi. Mevalarda esa yirik jigarrang-oqish dog’lar hosil bo’ladi. O’lgan to’qima to’kilib ketgach, o’rnida mayda teshikcha- lar hosil bo’ladi, kasallik kuchli kech- ganda barglar to’kilib ketadi. Bahorda yomg’irning ko’p yog’ishi, shudring, past harorat (21° atrofida) kasallikning avj olishiga qulaylik yaratadi. Kurash choralari: to’kilgan barglarni yig’ib olish va yo’qotish; daraxtlarga kurta- klar bo’rtishiga qadar mis kuporosi (3-4%), nitrafen (3%) purkash; kurta- klar bo’rtishigacha, guldan tushishi b-n va undan keyin 15-20 kun o’tgach, Bordo Su- yukligi, mis xlor oksidi, ko’zan, kaptan, tsineb kabi fungisidlarning birortasi b-n ishlov berish.