Ko’knor
Ko’knor (Papaveraceae, Papaver L.) — ko’knordoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko’p yillik o’simliklar tur- kumi; urug’idan o’simlik moyi (q. Moy- li ekinlar) va ko’sagidan afyun olish uchun etishtiriladigan ekin. 100 turi ma’lum. Mo»tadil, subtropik, ba’zan sovuqmintaqalarda o’sadi. Kavkaz, O’rta Osiyo va Arktikada 75 ga yaqin turi uch- raydi. Ba’zi turlari manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. De-hqonchilikda bir yillik uxlatuvchi K. (P.somniferum Ь.)ning 2 tur-xili (moyli K., afyun- li K.) ekiladi. Vatani — O’rta Dengiz atroflari (Gresiyada mil. AV. ekilgan), so’ngra kichik Osiyo, Evropaga tarqalgan. Afyunli K. O’rta Osiyo, Old Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va b. mamla- katlarda qadimdan ekib kelingan. Moyli K. Evropada Avstriya, Polsha, Vengriya, Gollandiya, Chexiya, Slovakiya, Ukraina, Rossiya, Frantsiyada katta maydonlarda ekiladi. Ildizi o’q ildiz, tuproqqa 70-120 sm gacha kirib boradi. Poyasi tik o’sadi, bal. 80-150 sm, kam shoxlanadi. Bargi poyani o’rab turadi, o’z. 20-30 sm, guli yirik, uzun bandli, poya va shoxlar- ning uchida yakka joylashgan, oq, binaf- sha, qizil, sariq, pushti rang. Mevasi ko’sakcha, 4-5 xonali. Pishganda chatna- maydi, diam. 5-7 sm, o’z. 2-6 sm. Urug’i mayda, yumaloq, buyraksimon, och sariq, ko’kish. 1000 ta urug’ining vazni 0,24— 0,45 g (bir ko’sakchada 3-5 g). Urugi 2-3° da unib chiqadi. 10° da 5-6 kunda may- salaydi. Maqbul harorat 20-25°. O’suv davri 85— 132 kun. Ekilgandan gullash davrigacha suvga talabchan. Chetdan changla- nadi. K. yorug’sevar, uzun kun o’simligi. Moyli K. urugi tarkibida 45-56% oziq-ovqatga ishlatiladigan moy, 20% oqsil mavjud. K. moyi, asosan, kendolat, konserva, parfyumeriya, lok-bo’yoq sanoa- tida, rassomlik bo’yoqlari tayyorlashda, urug’i non pishirish va qandolatchilikda ishlatiladi. Ko’sagi po’chog’idan tibbiyot va veterivariyada qo’llaniladigan Alka- loidlar (morfin, kodein, papaverin) olinadi. Kunjarasi esa mollarga yaxshi ozuqa (tarkibida 10% moy, 32,5% oqsil mavjud). Afyunli K.ning to’la pishmagan ko’saqlari sutsimon shirasidan maxsus usulda afyun olinadi. Shirasi tarkibi- da 20 xil alkaloidlar, ayniqsa, morfin, shuningdek, varkotin, kodein, papaverin, oqsil, uglevodlar, smola, mum, pigment- lar mavjud. Tibbiyotda dori-darmonlar i. ch.da qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Urug’bo’yicha hosildorligi 4-8 ts/ga. quruq ko’sak (urug’siz) bo’yicha 3-8 ts/ ga. Moyli K. urugi to’la pishganda don kombaynlari yordamida yig’iladi. Ba’- zan afyunli K.ning shirasi olinmagan pishgan ko’saqlari maydalanib, suvda ivitib (ezib) ichiladi (20-a. boshla- riga qadar O’zbekistonda maxsus takya- ko’knorixonalarda K.dan kayf beradigan ichkilik tayyorlanib, iste’mol qilingan) O’zbekistonda va b. bir qancha mamlakat- larda afyunli K. ekish man qilingan. Halima Otaboeva.